Ko`rgazma haqida
TTME Toshkent xalqaro to`qimachilik uskunalari ko`rgazmasi Markaziy Osiyo mintaqasida to`qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun eng yangi asbob-uskunalar va texnologiyalar namunalarini namoyish etishga qaratilgan. Ko`rgazma dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning to`qimachilik mashinasozligi va texnologiyalari yangiliklarini amalda namoyish etish, mintaqaning asosiy kompaniyalari, dastgohlar, asbob-uskunalar, butlovchi qismlar dilerlari va distribyutorlari, O`zbekiston to`qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan tanishish imkonini beradi. So`nggi yillarda O`zbekistonda to`qimachilik va tikuvchilik sanoati hukumatning mamlakat iqtisodiy o`sishini qo`llab-quvvatlash bo`yicha strategik ustuvor yo`nalishlaridan biri, qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda yetakchi, jalb qilingan investitsiyalar, eksport, texnik zamonaviylashtirish va qayta jihozlash sur`atlari bo`yicha iqtisodiyotning yetakchi tarmog`iga aylandi. Toshkent to`qimachilik uskunalari ko`rgazmasi ushbu tashabbuslarni amalga oshirishga ko`maklashadi va O`zbekistonda to`qimachilik sektorining ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviylashtirishga bo`lgan talabni qondirishga qaratilgan. O`tkazish tarixi: Tashkil etilgan sana: 2019-yil Maydoni: 5000 kvadrat metrdan ortiq Ishtirokchilar soni: 123 Ishtirokchi mamlakatlar soni: 7 Milliy pavilyonlar va stendlar: Xitoy, Koreya Respublikasi Tashrif buyuruvchilar soni: 3041 professional tashrif buyuruvchilar Xalqaro tashrif buyuruvchilar soni: 11 mamlakatdan 259 nafar Parallel tadbirlar: paxta bo`yicha Xalqaro maslahat qo`mitasining 8-yig`ilishi, Xalqaro to`qimachilik anjumani, "Ready-to-Wear Fashion Show" moda va sanoat to`plamlari namoyishi.